O‘zbekistonliklar tunda Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi
Jamiyat
−
16 iyul 2019
851816-iyuldan 17-iyulga o‘tar kechasi Oyning qisman tutilishi sodir bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bu tutilish dunyo vaqti bilan soat 21:31 da boshlanadi, bu paytda O‘zbekistonda 17 iyul tungi soat 02:31 bo‘ladi.
Mazkur tutilishni mamlakatning barcha hududlarida kuzatish mumkin bo‘ladi. Oy mahalliy vaqt 16 iyul kuni soat 23:42 daqiqa o‘tganda yarim soyaga kirishni boshlaydi, 17 iyul tungi 01:00 da soyaga kiradi. Soyadan soat 04:00 da chiqadi, yarim soyadan esa soat 05:19 da chiqib ketadi, ya’ni tutilish tugaydi.
Quyosh soat 05:04 da chiqadi. Uning maksimal fazasi 0,66 ga yetadi. Yerning tabiiy yo‘ldoshi tutilish paytida yer soyasining janubiy qismidan o‘tadi. Oyda bu vaqtda qisman va to‘la quyosh tutilishi kuzatiladi. Shuningdek, tutilish Janubiy Amerika, Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya va Rossiya (Chukotka, Kamchatka va Uzoq Sharq sohillaridan tashqari) hududlarida ham kuzatiladi.
Quyosh tutilishidan farqli ravishda, Oy tutilish davomida ko‘rinib turadi. Oy tutilishning katta fazasida qizil yorug‘lik sochadi va umuman yo‘kolib ketmaydi. Tutilishni oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin. Odatda qisman oy tutilishi vaqtida bu hodisani oddiy ko‘zda ilg‘ash qiyin bo‘ladi, shuning uchun sizda durbin yoki ko‘rish trubasi bo‘lishi maqsadga muvofiq, Oy yuzi yaxshiroq ko‘rinadi va Sizga ushbu astronomik hodisadan zavq olishingizga yordam beradi.
LiveBarchasi