O‘zbekistonliklar Rossiyaga kirishda qiyinchiliklarga uchramoqda
Jamiyat
−
20 iyun
6834O‘zbekistonliklar Rossiyaga kirishda qiyinchiliklarga uchramoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda elchixonaga O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi Sheremetevo xalqaro aeroporti orqali tranzit qilishda uzoq tekshiruvlar va qiyinchiliklar bo‘layotgani haqida murojaatlar ko‘paygan.
Yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida elchixona Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yuborgan.
“Shuningdek, O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi Sheremetevo aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifida O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasida munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini va’da qilgan edi.
LiveBarchasi