O‘zbekistonliklar Rossiyaga borgan migrantlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
Olam
−
09 noyabr
9951Joriy yilning 9 oyida Rossiyaga borgan mehnat migrantlari soni bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Rossiya Yagona idoralararo axborot-statistik tizimi ma’lumotlariga tayanib, “Sputnik” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning 3 choragida 1 million 748 ming o‘zbekistonlik ishlash maqsadida ushbu mamlakatga borgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan 2023 yil bilan solishtirganda 143 ming nafarga oshgan.
O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarni ham ikki Markaziy Osiyo mamlakatlari egallagan. Xususan, joriy yil boshidan buyon Tojikistondan 884 ming kishi, Qirg‘izistondan 570 ming kishi ish izlab Rossiyaga borgan.
Keyingi o‘rinlardagi mamlakatlar:
- Qozog‘iston – 147 ming;
- Armaniston – 142 ming;
- Ozarbayjon – 104 ming;
- Xitoy – 79 ming;
- Boshqa – 89 ming;
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugungi kunda Rossiyada 739 ming noqonuniy migrant borligi va ularning asosiy qismini O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari ekani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi