O‘zbekistonliklar Rossiyada ko‘proq qaysi yo‘nalishlarda tahsil olyapti?

Bu qiziq

image

Rossiyadagi o‘zbekistonlik talabalarning katta qismi muhandislik-texnik mutaxassisliklarida tahsil oladi. Bu haqda Rossiya Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosari O‘zbekistondan 8,6 mingdan ortiq talaba iqtisod, 2 mingdan ziyod talaba huquqshunoslik, 4 mingga yaqin menejment, 2,6 ming nafari tibbiyot, 1800 nafar talaba pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, 2024 yilda Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 50 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari filiallarida esa 8 mingga yaqin kishi o‘qishni tamomlagan.

Uning qayd etishicha, Rossiya oliy o‘quv yurtlarining xorijdagi aksariyat filiallari O‘zbekistonda joylashgan. Respublikada Rossiyaning 14 ta oliy o‘quv yurtlari filiali mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qancha talaba o‘qiyotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made