O‘zbekistonliklar xorijda vafot etganlar uchun pul yig‘ayotganlardan ogohlantirildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijda bo‘lib turgan vaqtida vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini qaytarish uchun tarmoq faollari turli plastik karta raqamlariga pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgani kuzatilmoqda. Migratsiya agentligi ushbu holat bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda.

“Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Qonuniy va ishonchli yo‘l – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga u ortga qaytariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Migratsiya agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing