Xorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar undirildi
Jamiyat
−
15:52 616 1 daqiqa
Joriy yilning dastlabki 9 oyida xorijda ishlayotgan 817 nafar o‘zbekistonlik foydasiga ish beruvchilardan jami 850 ming AQSH dollari undirib berildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, mablag‘lar fuqarolarning ish haqi va kompensatsiya bilan bog‘liq murojaatlari asosida undirilgan.
Holatlarning eng ko‘pi Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Xususan, Rossiyada 533 ta, Turkiyada 155 ta, Janubiy Koreyada 92 ta, boshqa davlatlarda esa 37 ta holat qayd etilgan.
Bundan tashqari, hisobot davrida 532 nafar o‘zbekistonlikning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari vositachilar va xorijiy ish beruvchilardan qaytarib olib berilgan.
Ushbu holatlarning 331 tasi Rossiya, 185 tasi Turkiya, 11 tasi Qozog‘iston va 5 tasi Janubiy Koreyada qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok shahrida moddiy qiyinchilikka duch kelgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari ortga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi