O‘zbekistonliklar qancha elektromobil sotib olgani ochiqlandi

Bu qiziq

image

2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 167 mln dollarlik 5 403 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Natijada ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4289 taga yoki qariyb 5 barobarga oshgan.

Dastlabki 6 oyda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar orasida yetakchilikni Xitoy egalladi. Ushbu davrda mamlakatdan 4 956 ta elektromobil keltirilgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Gonkong (348 ta) hamda Germaniya (57 ta) qayd etilgan.

Shuningdek, aholi BAA (16 ta), Koreya (12 ta) hamda AQSH (7 ta) dan ham elektromobillar xarid qilishgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektromobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing