Toshkentda elektromobilga o‘t ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 26 avgust kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 14:45 da Yashnobod tumani, Qorasuv ko‘chasi 4-uy oldida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 15:07 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida 3 ta avtomobil to‘qnashib, yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida harakat ishtirokchilari jarohat olmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing