Toshkentda elektromobil butkul yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida Leapmotor rusumli elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 21:14 da Olmazor tumani Beruniy ko‘chasi 2-uy oldida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 21:18 da yetib borib, yong‘in soat 21:28 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar to‘g‘risida xabar tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ikkita yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing