O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Telegram eng ko‘p foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Bugungi kunda undan 20 mlnga yaqin odam foydalanadi. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda Facebook’da 4,7 mln, Instagram’da 3,7 mln, Linkedln’da 288 ming, Telegram’da 18 mln, Odnoklassniki’da 16,7 mln, Twitter’da 51,6 ming va Vkontakteda 2,6 mln foydalanuvchi mavjud. Ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qilmoqda.

Qo‘mita majlisida qayd etilishicha, birgina 2021 yilning dekabr holatiga ko‘ra milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan bo‘lib, 2097 ta qonunbuzarlik holati ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

ijtimoiy tarmoq

Baholaganlar

443

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing