O‘zbekistonliklar endi Qatarga borib ishlashi mumkin

Jamiyat

image

Qatar bilan ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha hamkorlik qilinadi. Bu haqda kecha, 11 yanvar kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan.

Mazkur bitim 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston fuqarolari Qatar davlatiga vizasiz borish imkoniga ega bo‘lgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonliklar Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing