O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasallikdan vafot etmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston fuqarolari asosan qon aylanish tizimi kasalliklaridan vafot etayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylari davomida mamlakatda 174,4 ming kishi vafot etgan. Ulardan 96 mingi erkaklar, 78,4 mingi esa ayollardir. Vafot  etganlar soni shahar joylarida 98,2 ming kishini, qishloq  joylarida 76,2 ming  kishini  tashkil etgan.

O‘zbekistonliklarning o‘limiga eng ko‘p sabab bo‘lgan holatlar quyida qayd etilgan:

  • Qon aylanish tizimi kasalliklari – o‘rtacha 57,6%;
  • Yangi o‘smalar (shishlar) – 9,4%;
  • Nafas olish organlari kasalliklari – 6,3%;
  • Baxtsiz hodisalar, zaharlanish va jarohatlar – 5,8%;
  • Hazm qilish organlari kasalliklari – 4,1%;
  • Infeksion va parazitar kasalliklar – 1,1%;
  • Boshqa kasalliklar – 15,7%.

Shuningdek, 2023 yil bilan solishtirganda o‘lim ko‘rsatkichi 1,6 ming kishiga ko‘paygan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, senator Qutbiddin Burhonov O‘zbekistonda 2024 yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2203 nafar inson halok bo‘lgani va 8901 nafar inson tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

kasallik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing