O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatga o‘qishga ketayotgani aytildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish uchun asosan Tojikiston Respublikasini tanlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 21,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

O‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Tojikiston – 10 497 nafar;
  • Rossiya – 3 891 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 2 211 nafar;
  • Turkiya – 1 240 nafar;
  • Janubiy Koreya – 1 063 nafar;
  • Qozog‘iston – 874 nafar;
  • Buyuk Britaniya – 423 nafar;
  • Xitoy – 337 nafar;
  • Germaniya – 209 nafar;
  • AQSH – 192 nafar;
  • boshqa davlatlar – 720 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p turistik maqsadlarda Qirg‘izistonga borayotgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing