O‘zbekistonliklar halok bo‘lgan YTH sababchisi 5 yilga qamaldi
Olam
−
06 noyabr 2019
3638Qozog‘istonning Jambil viloyatida 11 kishi, jumladan 3 nafar o‘zbekistonlikning hayotiga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sababchisi bo‘lgan avtobus haydovchisiga sud hukm chiqarildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Qorday tuman sudining ma’lum qilishicha, haydovchi Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositasini boshqargan shaxs tomonidan ehtiyotsizlik tufayli 2 nafardan ko‘proq kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l harakati qoidabuzarligi) bilan ayblangan.
Ayblanuvchi o‘z aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan. Sud ayblanuvchining chin dildan pushaymonligini, yashash joyidan u haqida ijobiy tavsifnoma olingani, avval sudlanmaganligini hisobga olib, 7 yillik muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 aprel kuni soat 05:09 da Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanidagi “Chimkent- Olma-ota” trassasining 181 kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l- transport hodisasi ro‘y bergandi. YTH oqibatda avtobusdagi 49 nafar yo‘lovchidan 11 nafari halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning 3 nafari o‘zbekistonlik.
LiveBarchasi