Qozog‘istondagi YTHda vafot etganlar so‘nggi manzilga kuzatildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Jambil viloyati Korday tumani “Olmaota – Toshkent” avtomobil yo‘lining 181-kilometrida yo‘nalishdagi avtobus harakatlanib kelayotganda boshqaruvini yo‘qotgani natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani hamda oqibatda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari vafot etgani haqida avval xabar bergan edik.

Kecha, 22 aprel kuni vafot etganlar O‘zbekistonga olib kelindi. Bugun ertalab marhuma Dilorom Yermekbayeva Quyichirchiq tumani “Qo‘shiq” mahallasidagi qabristonga, marhumlar O‘rinboy Abduxalikov va Alisher Kalmuradov peshinda Ohangaron tumani “Yangi hayot” mahallasi qabristoniga dafn etildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing