O‘zbekistonlik jangchi Turkiyada o‘tadigan nufuzli musobaqada jang qiladi
Sport
−
13 mart
1114Faoliyatini MMA'da davom ettirayotgan Mavlud Tifiyev o‘zining navbatdagi jangini aprel oyida CFC promousheni doirasida Turkiyada o‘tkazadi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 aprel kuni Turkiyadagi “Ulker Sports Arena”da “Core Fighting Championship” (CFC) turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy kardida yarim yengil vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Mavlud Tifiyev va turkiyalik Erdem Dincher oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu kechaning asosiy kard janglarida mashhur UFC referisi Mark Goddard oktagon hakami vazifasini bajaradi.
Qayd etish joiz, mazkur raqiblar avval muay-tayda to‘qnash kelgan va o‘shanda Tifiyev mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, Tifiyev so‘nggi jangida marokashlik Vail Karraumoni texnik nokautga uchratgan edi.
LiveBarchasi