Mavlud Tifiyev Turkiyada o‘tgan navbatdagi jangida g‘alaba qozondi

Sport

image

Kecha, 11 dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida MMA bo‘yicha Core FC 2 turniri bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mavlud Tifiyev ishtirok etdi va jang muddatidan avval Tifiyev g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kechaning markaziy bellashuvida o‘zbekistonlik Mavlud Tifiyev oktagonga ko‘tarildi. Unga turkiyalik Erdem Taxa Dincher raqib bo‘ldi. Jangda Erdem Taxa Dincher taqiqlangan zarba berganligi uchun diskvalifikatsiya qilindi. Shundan so‘ng g‘alaba Tifiyevga berildi.

Eslatib o‘tamiz, Tailandning Puket shahrida “Warrior Stadium Phuket” ligasida yarim yengil vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Mavlud Tifiyev hozirda Niderlandiya sharafini himoya qilayotgan asli marokashlik Vail Karraoumiga qarshi jangda texnik nokaut evaziga mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya MMA Mavlud Tifiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing