Mavlud Tifiyev Tailandda o‘tgan navbatdagi jangida g‘alaba qozondi
Sport
−
01 mart 2025 3485 1 daqiqa
Aralash yakkakurashlarda faoliyatini davom ettirayotgan muay-tay ustasi Mavlud Tifiyev o‘zining navbatdagi jangida marokashlik Vail Karraoumini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.
Kecha, 28 fevral kuni Tailandning Puket shahrida “Warrior Stadium Phuket” ligasida yarim yengil vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Mavlud Tifiyev hozirda Niderlandiya sharafini himoya qilayotgan asli marokashlik Vail Karraoumiga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Sababi Tifiyevning faol bosimidan so‘ng raqib tomon jangni davom ettirishdan bosh tortdi.
Shu tariqa, Mavlud Tifiyev aralash yakkakurashlarda o‘zining 4-jangini o‘tkazdi va 4-g‘alabani qayd etdi.
Live
BarchasiPrezident Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi
15:31
Qarshi shahridagi murojaatlarning 146 tasi oylik maoshlar kechikayotgani bilan bog‘liq ekani aytildi
15:02