Mavlud Tifiyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
28 fevral
1285Professional mauy-tayning tajribali jangchilaridan biri va hozirda MMAda faoliyat olib borayotgan Mavlud Tifiyev navbatdagi jangini Tailandda niderlandiyalik Vail Karraoumiga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda “Warrior Stadium Phuket” ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Tailand poytaxti Puket shahrida “Warrior Stadium Phuket” ligasida yarim yengil vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Mavlud Tifiyev hozirda Niderlandiya sharafini himoya qilayotgan asli marokashlik Vail Karraoumiga qarshi oktagonga chiqadi.
Ma’lumot o‘rnida, Tifiyev MMAdagi professional faoliyati davomida 3 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. U oxirgi jangini 2024 yilning dekabrida o‘tkazgan va o‘shanda Robbi Gunyarni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan sportchi Mavlud Tifiyevga 3 xonali uy sovg‘a qilingani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

