Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Sharmanda bo‘layotgan o‘zbek MMA’si

Intervyu

Bugungi kunga kelib, o‘zbekistonlik 3 nafar jangchi Aralash yakkakurashlar, ya’ni MMA olamidagi eng nufuzli liga hisoblanmish UFC’da janglar o‘tkazib kelmoqda. Hozirda ularning natijalari juda olamshumul bo‘lmasa ham, lekin qayd etayotgan natijalari yomon emas va yildan yilga mazkur ligada jang qilayotgan o‘zbekistonlik sportchilar soni ko‘paymoqda.

Shuningdek, yana ko‘plab o‘zbekistonlik MMA ustalari turli ligalarda janglar o‘tkazib kelmoqda. Bugungi kunda “Octagon”, “Oktagon”, “Naiza”, GFL va boshqa ko‘plab promoushenlarda O‘zbekiston vakillari faoliyat yuritmoqda.

Qisqa vaqt ichida o‘zbek MMA’sidagi progressni qayd etish joiz, biroq oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini “namoyish etib”, hali yaxshi tajribaga ega bo‘lmasdan piar va haypga “o‘tirib olib”, taniqli ligalardan jang so‘rayotgan va oktagonga ko‘tarilayotgan “sportchilar” ham yo‘q emas va ular soni borgan sari ko‘payib bormoqda.

QALAMPIR.UZ bu galgi intervyusida taniqli jangchi, o‘zbek muaytayining yorqin vakili Mavlud Tifiyevga mikrofon tutib, oxirgi paytlarda turli ligalardan jang so‘rab, ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilayotgan va buning ortidan o‘zbek MMA’sini sharmanda qilayotgan shaxslar bo‘yicha munosabat oldi.

“Bular hali sport nima ekanligini tushunib yetmayapti. Bunaqalar sportning ichiga ozroq kirsa, nimaga qo‘l urib qo‘yganini anglab yetadi. Tarmoqlarda chiqish qilayotgan va ligalardan jang so‘rayotgan odamlarning asosiy maqsadi tezroq mashhur bo‘lishdan boshqa hech narsa emas”, deydi Tifiyev.

Suhbat davomida Mavlud Tifiyev o‘z faoliyati bilan bog‘liq bir qator savollarga, jumladan sportdan olgan eng katta gonorari, kelgusi jangi va tez orada UFC’ga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan jangchilar haqida aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC MMA Mavlud Tifiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing