O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida 4 ta medalga ega chiqdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Qozog‘istonning Ostona shahri mezbonlik qilgan yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati bahslari yakunlandi. Turnirda o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

4x400 metrga yugurish bo‘yicha estafeta bahsida startga chiqqan O‘zbekiston vakillari ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Ular qayd etgan 3:46:45 daqiqalik natija yangi milliy rekord sifatida tan olindi. Shuningdek, uzunlikka sakrash sektorida Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Darya Reznichenko 6,37 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq beshkurash dasturida ishtirok etgan Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ostona Osiyo chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made