O‘zbekistonlik yengil atletikachilar qit’a birinchililigini 4 ta medal bilan yakunladi
Sport
−
17 iyul 2023
2467Joriy yilning 12-16 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi umumiy 4 ta medalga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan Suhrob Xo‘jayev 71,83 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida 400 metrga yugurish dasturida qatnashgan Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi. Osiyo chempionatining uchinchi kunida Yekaterina Voronina ko‘pkurash bahslarida oltin medalga ega chiqdi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston Qozog‘iston vakillari bilan bir xil natija qayd etib, 8-pog‘onani egalladi. 27 ta medal bilan Hindiston vakillari kuchli uchlikni yakunlab bergan bo‘lsa, Xitoy jamoasi 2-o‘ringa ega chiqdi. 37 ta medal jamg‘argan yaponiyalik sportchilar jamoaviy hisobda 1-o‘rinni band etdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr