O‘zbekistonlik yengil atletikachi uch karra Osiyo chempioniga aylandi

Sport

image

O‘zbekistonlik yengil atletikachi Yekaterina Voronina Tailandda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Voronina bugun, 15 iyul kuni Osiyo chempionati doirasida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘pkurash musobaqasida ishtirok etgan. Sportchi 100 metrga to‘siqlar osha yugurish dasturida 14,62 soniya (892 ochko), balandlikka sakrashda 1,77 metr (941), yadro uloqtirishda 13,19 metr (740), 200 metrga yugurishda 25,13 soniya (875), uzunlikka sakrashda 6,07 metr (871), nayza uloqtirishda 51,87 metr (896) va 800 metrga yugurishda 2:15:68 daqiqa (883) qayd etib, jami 6098 ochko jamg‘arishga erishgan.

Shuningdek, Hindiston vakilasi Svapna Barman 5840 ochko bilan kumush, yaponiyalik atlet Yuki Yamasaki 5696 ochko jamg‘argan holda bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Yekaterina Voronina bungacha 2013 va 2015 yillarda Hindiston va Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatlarida g‘alabaga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

engil atletika Ekaterina Voronina Osiyo chempioni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing