O‘zbekistonlik yengil atletikachilar qit’a chempionatini to‘rtta medal bilan yakunladi

Sport

image

Eronda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 19 fevral kuni ko‘pkurash dasturida 666 ochko jamg‘argan Zahriddin Shokirov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yadro uloqtirish dasturida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazgan Malika Nasriddinova ham shohsupaning 2-pog‘onasidan joy oldi.

Uch xatlab sakrash sektorida qatnashgan Ivan Denisov 16.18 metr bilan bronza medali sohibiga aylandi.

Ayollar o‘rtasida 4x400 metrga estafeta dasturida O‘zbekiston jamoasi 3-natijani qayd etdi.

Kumush medal:

Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish);

Zahriddin Shokirov (ko‘pkurash).

Bronza medal:

Ivan Denisov (uch xatlab sakrash);

4x400 metrga estafeta, ayollar.


Maqola muallifi

Teglar

engil atletika Zahriddin Shokirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing