O‘zbekistonlik yengil atletikachi qiz Osiyo chempioni bo‘ldi
Sport
−
11 fevral 2023
5431Ayni kunlarda Qozog‘istonning Ostona shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Beshkurash dasturida ishtirok etgan Voronina 4386 ochko to‘plab, g‘olib bo‘ldi. Hindistonlik Svapna Barnan va Yaponiya vakilasi Yuki Yamasaki mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni band etdi.
Bugungi dasturda o‘zbekistonliklardan Zahriddin Shokirov, Valentina Kibalnikova, Lidiya Podsepkina, Jasmina Mansurova, Sharifa Davronova va Farida Soliyeva bahslarga kirishadi.
Yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati ertaga, 12 fevral kuni yakunlanadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr