O‘zbekistonlik velosportchilar ilk bor Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Sport

image

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, Parij-2024 Olimpiadasiga O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta, erkaklar termasi esa 1 ta yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Ayollar toifasidagi litsenziyalarning 2 tasi guruh poygasi, 1 tasi esa shaxsiy poyga dasturiga to‘g‘ri keladi. Qizlar jamoasi 1942 ochko bilan ushbu siklda ishtirok etgan 103 jamoa orasida 17-natijani qayd etgan. Bu Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Yigitlar esa 1228 ochko bilan 105 jamoa orasida 32-natijani ko‘rsatishdi. Bu ularga guruh poygasi yo‘nalishida 1 ta yo‘llanmani taqdim qildi. Qoidaga ko‘ra, barcha kvotalar terma jamoa uchun taqdim qilingan. Ushbu dasturlarda qaysi atletlarimiz Parij-2024 Olimpiadasida startga chiqishi keyinroq murabbiylar shtabi tomonidan ma’lum qilinadi.

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik velosportchilar Olimpiya o‘yinlariga birinchi bor 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy Olimpiya qo'mitasi velosport Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing