O‘zbekistonlik velosportchi Polshada ikkita medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Olga Zabelinskaya bir turnirda ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Polshada velosport bo‘yicha o‘tayotgan “PRINCESS ANNA VASA TOUR” xalqaro musobaqasining 3-bosqich yakkalik poygasida 14 kilometr masofadagi bahslarda o‘zbekistonlik sportchi Olga Zabelinskaya muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Olga belgilangan masofani 0:18:26 natija bilan bosib o‘tib, musobaqa kumush medaliga ega chiqish bilan bir qatorda uch bosqich natijalariga ko‘ra, bronza medaliga ham ega chiqdi. 

Shuningdek, velopoygachi yuqoridagi natijalar orqali Parij-2024 yozgi Olimpiadasi reyting ochkosini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ol'ga Zabelinskaya velosport medal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing