Osiyo o‘yinlari. Kurashchilar yana ikkita oltin medal oldi

Sport

−

image

Bugun, 28 sentyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining kurash bahslarida o‘zbekistonlik kurashchilar ikkita ta oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston delegatsiyasining umumiy oltin medallari soni 12 taga yetdi.

Bugungi kurash bahslarida -78 kg vazn toifasida ishtirok etgan Pokizazon Kamoliddinova finalda janubiy koreyalik Sumin Moni mag‘lubiyatga uchratdi va Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Shuningdek, kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ahror Ziyodullayev ham delegatsiyaga oltin medalni taqdim qildi. -81 kg vazn toifasida kurashgan sportchi finalda eronlik Ramin Ahmadzodani mag‘lubiyatga uchratdi.

Bundan tashqari, kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohista Nazarova Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi. -78 kg vazn toifasidagi yarim final bahsida u boshqa bir o‘zbekistonlik kurashchi Pokizaxon Kamoliddinovaga mag‘lubiyatga uchradi. 

Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 12 ta oltin, 17 ta kumush va 13 bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing