O‘zbekistonlik Umra ziyoratchilariga yana 10 ming o‘rin ochiladi 

Jamiyat

image

Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha Umra ziyoratiga boruvchilarning eng ko‘pini o‘zbekistonlik ziyoratchilar tashkil etmoqda. Mamlakatda umrachilar soni 10 ming nafarga yetdi, yana boradiganlar bo‘lsa, shuncha o‘rin yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi – muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ma’lum qilmoqda.

“Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha Umra ziyoratiga boruvchilarning eng ko‘pini o‘zbekistonlik ziyoratchilar tashkil etmoqda. Hatto, Malayziyadan kelganlardan ham ko‘p ekan. Shu kecha kunduzda umrachilarning soni 10 mingga yetdi. Bundan keyin ham ziyoratchilar soni ortib boraveradi, yana qancha boradiganlar bo‘lsa, shuncha o‘rin beriladi”, deydi muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Nukus shahridagi “Imom Eshon Muhammad” jome masjidiga tashriflari chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun eng yuqori darajadagi Masjidul-Haramga yaqin bo‘lgan mehmonxonalar tanlangan. Bunday qulaylik ularga emin-erkin ibodatu ziyorat qilish imkonini beryapti. 

“Yurtboshimiz inson qadrini ulug‘lash haqida ko‘p bor ta’kidlab, “qayerda bo‘lsa, inson qadrlansin”, deyapti. Biz ham shunga amal qilgan holda, muborak ziyoratga otlangan yurtdoshlarimiz uchun Makka va Madina shaharlarida barcha shart-sharoitlar yaratishga harakat qildik. Birinchi navbatda, ziyoratchilarimiz uchun eng yuqorida darajadagi Masjidul-Haramga yaqin bo‘lgan mehmonxonalar tanlandi. Bunday qulaylik ularga emin-erkin ibodatu ziyorat qilish imkonini bermoqda. Buning uchun Yaratganga shukronalar aytmog‘imiz, sharoitlarni qilib berayotgan Hukumatimizdan minnatdor bo‘lmog‘imiz lozim”, deydi Nuriddin domla Xoliqnazarov.

Qayd etilishicha, hozirga qadar 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik muborak ziyoratni ado etgan. Umra tadbirlarini 10 nafar ishchi guruh boshqarayotgan bo‘lsa, 200 nafar tajribali ellikboshi va 45 nafar shifokor jalb etilgan. Ular ziyoratchilarining salomatligi, shart-sharoiti va kundalik ehtiyojlaridan doimiy boxabar bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni ilk ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga uchgan bo‘lsa, hozirda har kuni Jidda va Madina shaharlariga ikki marta aviaparvoz muntazam amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Umra ziyorati

Baholaganlar

205

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing