O‘zbekistonlik o‘q otuvchi jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
30 yanvar 2023
7245Indoneziyada mezbonlik qilgan to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha jahon kubogi bahslari ortda qoldi. 10 metrga o‘q otish dasturida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Muhammad Kamolov turnir yakunida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin medal uchun bahsda Kamolov turkiyalik Muhammad Kelesdan ustun keldi. Ushbu natija o‘zbekistonlik sportchilarning jahon kubogi doirasidagi ilk yirik g‘alabasi hisoblanadi.
Muhammad Kamolov musobaqadagi g‘alabasi evaziga Olimpiada va jahon reytingi uchun o‘z hisobiga 2000 ochko ham qo‘shib oldi.
Turnir jadvali:
1. Muhammad Kamolov (O‘zbekiston);
2. Muhammad Keles (Turkiya);
3. Muhammad Prabova (Indoneziya).