O‘zbekistonlik tennischilar “Rolan Garros”da qatnashadi

Sport

image
Joriy yilning 24 may-7 iyun kunlari “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik 4 nafar tennischi ham ishtirok etadi. Bu haqda mamlakat Tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistoning birinchi raketkasi, jahon tasnif jadvalida 89-pog‘onani egallab turgan Kamilla Rahimova turnirning asosiy davrasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan. Mariya Timofeyeva (119) hamda Polina Kudermetova (125) esa o‘z ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlaydi.

Bugun, 19 may kuni kvalifikatsiyaning ilk davrasida Timofeyeva kanadalik Breys Kadensga qarshi, Kudermetova esa niderlandiyalik Anuk Kovermansga qarshi kortga chiqishadi.

Shuningdek, o‘smirlar toifasidagi bahslarda 18-reytingda joylashgan Nikita Belozersev ham qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Kamila Rahimova va Polina Kudermetova “Australian Open” turnirida ishtirok etgan edi.

Maqola muallifi

Teglar

Mariya Timofeeva Kamilla Rahimova Polina Kudermetova “Rolan Garros”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing