O‘zbekistonlik tennischi nufuzli musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
10 yanvar
3121Ayni kunlarda Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nigina Abduraimova ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazyapti.
Abduraimova turnirdagi dastlabki o‘yinida g‘alabaga erishdi. U Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, braziliyalik Laura Pigossi ustidan g‘alaba qozondi.
3 set davom etgan o‘yin Niginaning 7:5, 5:7 va 6:0 hisoblaridagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Abduraimova keyingi o‘yinini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da chexiyalik Dominika Shalkovaga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Abduraimova jahon tasnif jadvalida 212, Shalkova esa 218-o‘rinni band etib turibdi.
LiveBarchasi