O‘zbekistonlik tennischi “Australian Open”da ishtirok etadi

Sport

image

O‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan yilning ilk “Katta dubulg‘a” tasnifidagi turniri Avstraliya Ochiq chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi hisoblangan Sultonov faoliyatida ilk bor Avstraliya Ochiq chempionati, ya’ni “Australian Open”da qatnashadi. Aniqrog‘i, Humoyun musobaqaning yakkalik dasturi saralash bosqichida ishtirok etadigan tennischilar ro‘yxatiga kiritildi. 

Ma’lumot o‘rnida, “Australian Open 2025” turnirining saralash bellashuvlari 6 yanvar sanasidan boshlanadi. Sultonovning kvalifikatsiya doirasidagi raqibi hozircha noma’lum.

Qayd etish joiz, o‘zbek tennischilari orasida oxirgi bor Denis Istomin mazkur turnirda kortga chiqqan. Denis 2017 yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida o‘sha paytda dunyoning ikkinchi raketkasi bo‘lib turgan Novak Jokovichni salkam 5 soat davom etgan bahsda 7/6(10), 5/7, 2/6, 7/6(6), 6/4 hisobida mag‘lub etib, katta shov-shuv ko‘targan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Humoyun Sultonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing