O‘zbekistonlik talaba daryoda g‘arq bo‘layotgan amerikalik ota-bolani qutqarib qoldi (video)
Olam
−
05 mart 2020
8481O‘zbekistonlik talaba daryoda g‘arq bo‘layotgan amerikalik ota-bolani qutqarib qoldi (video)
O‘zbekistonlik talaba Jasurbek Rajabov Rossiyaning Volga daryosida g‘arq bo‘layotgan amerikaliklarni qutqarib qoldi. Bu haqda V1.RU sayti xabar bermoqda.
Ushbu holat yuzasidan muxbirlar savoliga javob qaytarar ekan, Jasurbek “haqiqiy erkak o‘z jasorati bilan maqtanmasligini” ta’kidladi. Bu o‘gitni otasi uning yoshligidan o‘rgatib borganini alohida gapirib o‘tdi.
"O‘tgan yili suzish uchun mashqlarda qatnashdim. Shundan so‘ng, bosh qutqaruvchi ishlaydigan o‘z joylarimizga tayinladi. Men o‘z joyimga bordim va oradan bir necha daqiqa o‘tib, yordam ovozini eshitdim. Darhol qutqaruvga shoshildim. Bilsam, cho‘kayotganlar ota va bola ekan. Yetti yashar bola umuman suzishni bilmas, otasi ham suvda haminqadar harakat qilar edi. Birinchi navbatda, bolani qutqardim. Rostini aytadigan bo‘lsam, ikkalamiz ham g‘arq bo‘lardik, chunki u meni quchib olgan, boshimdan ushlagan, nafasim qaytar va borgan sari pastga g‘arq bo‘lardik”, deb hikoya qiladi Jasurbek.
Yigit ko‘rsatgan xizmati haqida na begonalarga, na oila a’zolariga so‘zlab berdi. U buni odatiy, insoniylik nuqtai nazaridan yordam ko‘rsatish, deya qabul qildi.
“Men, avval, bolaga, keyin otasiga yordam berdim. Rostini aytganda, o‘zim ham cho‘kib ketishdan qo‘rqdim. Keyin bilishimcha, oila Volgogradga Filadelfiyadan kelgan ekan. Oradan kunlar o‘tib, ushbu xizmatim uchun menga mukofot berilishini eshitdim va uni qabul qildim”, deydi Jasurbek Rajabov.
LiveBarchasi