O‘zbekistonlik taekvondochilar ilk marta Olimpiadaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oldi
Sport
−
18 dekabr 2023
3900Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Ulug‘bek Rashidov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yo‘llanmalariga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar qatorida Rashidov va Osipovaning nomlarini ham ko‘rish mumkin.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston vakillari birinchi bor reyting orqali 2 ta yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Shuningdek, Osipova ham ilk marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada ishtirokchisiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rashidov Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi hisoblanadi, Osipova esa 2022 yil Meksikaning Gvadalaxara shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar