O‘zbekistonlik taekvondochilar ilk marta Olimpiadaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oldi

Sport

image

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Ulug‘bek Rashidov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yo‘llanmalariga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar qatorida Rashidov va Osipovaning nomlarini ham ko‘rish mumkin.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston vakillari birinchi bor reyting orqali 2 ta yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Shuningdek, Osipova ham ilk marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada ishtirokchisiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rashidov Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi hisoblanadi, Osipova esa 2022 yil Meksikaning Gvadalaxara shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Ulug'bek Rashidov Svetlana Osipova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing