O‘zbekistonlik taekvondochilar dayanga chiqdi. Rafalovichda g‘alaba, Tursunqulovada mag‘lubiyat

Sport

image

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi ikki vakili Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi.

Dastlab, Nigora Tursunqulova (-67 kg) xitoylik Jang Mengyuga qarshi dayanga chiqdi va mag‘lubiyatga uchradi. Bahs murosasiz kurashlar ostida kechdi. Asosiy vaqt 9:9 hisobi bilan yakunlangach, g‘olib qo‘shimcha bo‘limda aniqlandi. “Oltin ochko” uchun kechgan bahsda xitoylik taekvondochi ustun keldi. Agar Mengyu finalga chiqsa, Tursunqulovada bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib qoladi.

Yana bir o‘zbekistonlik taekvondo ustasi Nikita Rafalovich (-80 kg) Dominikan Respublikasi vakili  Moyzes Ernandes bilan jang o‘tkazdi va 17:7 hisobida g‘alaba qozondi. G‘alaba evaziga Rafalovich chorak finalga yo‘llanma oldi, bu bosqichda unga ozarbayjonlik Milad Beigi raqiblik qiladi.

Nikita Rafalovich bu raqib bilan 2019 yil Usi shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” musobaqasining bronza medali uchun o‘tgan bahsda Rafalovich 3:1 hisobida g‘olib bo‘lgan. O‘sha yilning o‘zida Moskvada tashkil etilgan Final Gran Pri musobaqasining yarim finalida ozarbayjonlik taekvondochi 9:5 hisobida g‘olib bo‘lgan. Demak hozircha ular o‘rtasidagi umumiy hisob teng.

Olimpiada chorak finali doirasidagi ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 11:15da boshlanadi.

Avvalroq, bokschi Shahobiddin Zoirov o‘zining ilk jangida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Taekvondo Nigora Tursunqulova Nikita Rafalovich

Baholaganlar

32

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing