O‘zbekistonlik taekvondochi Universiada sovrindori bo‘ldi

Sport

image

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Svetlana Osipova Butunjahon yozgi Univerciada o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu musobaqada -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekistonlik sportchi murosasiz kechgan yarim final bahsida xitoylik Zetsi Chjouga imkoniyatni boy berib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan.

Shunday qilib, Universiadada O‘zbekiston delegatsiyasining umumiy medallari soni 11 taga yetdi. Hozircha jamoa hisobida 7 ta kumush va 4 ta bronza medali mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2 avgust kungi bellashuvlarda 3 nafar O‘zbekiston vakili sovrindor bo‘lgani xabar qilingandi. Jumladan, taekvondochilardan Feruza Sodiqova kumush, Najmiddin Qosimxojiyev bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, ushu bahslarida omadini sinab ko‘rgan Azizbek Isroilov ham shohsupaning 3-pog‘onasidan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Taekvondo WT Feruza Sodiqova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing