Taekvondo. O‘zbekiston Gonkongni fazoviy hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
25 Sentabr 2023
4031Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining Taekvondo bo‘yicha bellashuvlarida o‘zbekistonlik sportchilar aralash jamoaviy bahsda Gonkongni o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 25 sentyabr kuni musobaqaning taekvondo bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tgan. Unda Shuhrat Salayev, Jasurbek Jaysunov, Svetlana Osipova hamda Ozoda Sobirjonovalar gankonglik sportchilar bilan bellashgan.
Yakunda esa O‘zbekistonlik taekvondochilar o‘ta yirik – 101:4 hisobda raqiblarini dog‘da qoldirib, yarim finalga yo‘l olgan.
Aralash jamoaviy bahslarning yarim final bosqichida esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Respublikasi vakillariga qarshi dayanga chiqadi.
Shuningdek, bugun Madinabonu Mannopova ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining medaliga sazovor bo‘ldi. U -49 kg vazn toifasida tashkil etilgan musobaqa yarim finalida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, tailandlik Panipak Vongpattanakitga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Mannopova o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.