O‘zbekistonlik taekvondochi qiz Jahon chempioni bo‘ldi

Sport

−

image

Ayni kunlarda Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 17 noyabr kungi bellashuvlarda uch nafar O‘zbekiston vakili medallar uchun kurashga kirishdi. 

E’tiborlisi, ayollar o‘rtasida +73 kgda mamlakat sharafini himoya qilgan Svetlana Osipova Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Finalgacha bo‘lgan yo‘lni ishonchli tarzda bosib o‘tgan Osipova hal qiluvchi bahsda isroillik Dana Arzanni 3 raundda (2:1) mag‘lubiyatga uchratdi. Shunday qilib, Svetlana Jahon chempionatlarida g‘alaba qozongan birinchi o‘zbekistonlik taekvondochi qizga aylandi.

Kechagi kungi bahslarda erkaklar o‘rtasida +87 kg vazn toifasida Marat Mavlonov ikkinchi boshqichda amerikalik Jonatan Heliga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Eslatib o‘tamiz, hozircha O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 3 ta medal mavjud. Bungacha Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova mundial bahslarining bronza medali sohibiga aylanishgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing