Ulug‘bek Rashidov Jahon chempionatini muvaffaqiyatsiz yakunladi

Sport

−

image

Ayni kunlarda Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 16 noyabr kungi bahslarda ikki nafar O‘zbekiston vakili dayanga chiqdi.

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov -68 kg vazn toifasida dastlab Puerto-Riko vakili Adrian Benitezni ikki raundda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finalda Rashitov ozarbayjonlik Javad Agayev bilan to‘qnash kelib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Ayollar o‘rtasida -49 kgda Zarnigor Husniddinova ilk bosqichdayoq mag‘lubiyatga uchrab, medallar uchun kurashni to‘xtatdi.

Ma’lumot uchun, -68 kg vaznda Ulug‘bek Rashidovni dog‘da qoldirgan Ozarbayjon vakili Javad Agayev musobaqa yakunida bronza medaliga ega chiqdi. -68 vazn toifasida g‘oliblik janubiy koreyalik Do-Yun Kvonga nasib etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing