Taekvando. O‘zbekistonlik sportchilar Jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Sport
−
16 noyabr 2022
4019Ayni kunlarda Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston vakillaridan erkaklar o‘rtasida -87 kgda Nikita Rafalovich, ayollar o‘rtasida esa -62 kgda Feruza Sodiqova mamlakat sharafini himoya qildi.
E’tiborlisi, ikki o‘zbekistonlik sportchi ham turnirning yarim final bosqichigacha raqiblarini dog‘da qoldirdi. Finaloldi bahslarda Rafalovich serbiyalik Mehdi Hodabaxshiga, Sodiqova esa gretsiyalik Teopoula Sarvanakiga qarshi jang qilib, mag‘lubiyatga uchradi. Shunday qilib, ikkala O‘zbekiston vakili ham mundialda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Nikita Rafalovich shu vaqtga qadar 2018 yilda Jakarta mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida, shuningdek Xoshiminda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan. Feruza Sodiqova esa Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlarida zafar quchgan.
LiveBarchasi