O‘zbekistonlik sportchi Jahon chempionatida kumush medal sohibiga aylandi
Sport
−
19 noyabr 2022
5952Ayni paytda Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 18 noyabr kungi janglarda ham O‘zbekiston vakillari medallar uchun bahslarga kirishdi.
E’tiborlisi, -63 kg vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Niyaz Po‘latov Ozarbayjon, Misr, Eron, Xorvatiya va Ispaniya vakillarini mag‘lub etib, finalgacha yetib keldi. Hal qiluvchi bahsda esa Po‘latov xitoylik Liang Yushuaiga imkoniyatni boy berib, Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, hozircha O‘zbekiston vakillarining turnirdagi medallari soni to‘rttani tashkil qilmoqda. Bungacha Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova mundialning bronza medallariga ega chiqishgan bo‘lsa, Svetlana Osipova musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi