Taekvondo. O‘zbekiston Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi
Sport
−
21 noyabr 2022
4247Meksikaning Gvadalaxara shahri mezbonlik qilgan taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionati bahslari nihoyasiga etdi. Mundial bahslarida O‘zbekiston vakillari ham munosib ishtirok etib, kuchlilar qatorida e’tirof etilishdi.
Turnirning so‘nggi kunida dayanga chiqqan o‘zbekistonlik Amir To‘rayev (-58 kg) hamda Zuhra Tojimatova (-46 kg) 1/32 finalda musobaqani tark etishdi, lekin shunday bo‘lsa ham Meksika mundiali O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.
O‘zbek taekvondochilari Jahon chempionatida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
+73 kg: Svetlana Osipova.
Kumush medal:
-63 kg: Niyaz Po‘latov.
Bronza medal:
-87 kg: Nikita Rafalovich;
-62 kg: Feruza Sodiqova.
LiveBarchasi