O‘zbekistonlik tadbirkor “Ozodlik”ni sudga berdi
3-sahifa
−
18 iyul
14100O‘zbekistonda gaz resurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev uning kompaniyasi haqida surishtiruv e’lon qilgan “Ozodlik” radiosi va mazkur OAV jurnalistini sudga berdi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokir Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, mazkur ish fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Tadbirkor raddiya e’lon qilish va 100 mln so‘m tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.
Sud ishga oid dalillar yetarli emasligi sababli 19 iyul kunigacha tanaffus e’lon qilgan. Bildirilishicha, jarayonga Ultimo Group Limited kompaniyasining 50 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Matluba Qayumova hamda javobgar “Ozodlik” radiosi vakillari jalb qilinadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr