O‘zbekistonlik sportchilarning Para Osiyo o‘yinlaridagi bugungi natijalari qanday?
Sport
−
23 Oktabr 2023 4921 3 daqiqa
Bugun, 23 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 1-kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 6 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Oltin medal:
• Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL3 klassida final bellashuvlarida ishtirok etgan Shaxzoda Mamadaliyeva 58.775 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib bordi. U delegatsiya hisobiga ilk oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
• Shuningdek, para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL2 klassida final bahslarida ishtirok etgan Iroda Rustamova 1:02.775 daqiqa natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib bordi va oltin medaliga ega chiqdi.
• Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL2 klassida final bahslarida esa Azizbek Abdulhabibov 42.487 soniya natija bilan marrani birinchi kesib o‘tib, delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni olib keldi.
• Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Safiya Burxonova 13.87 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
• Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan J2 klassida -60 kg vazn toifasidagi ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi – Sherzod Namozov va Kamron Nurilloyev o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda esa Nurilloyev oltin, Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
• Suzishning erkaklar o‘rtasidagi S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida uch nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etib, har uchalasi musobaqa medaliga ega chiqdi.
Jumladan, Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islom Aslonov kumush va Kirill Pankov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal:
• O‘yinlarining para dzyudo bellashuvlari ayollar o‘rtasidagi J1 klassida bahslarga kirishgan Xosiyat Poziljonova -57 kg vazn toifasida musobaqa kumush medalini qo‘lga kiritdi.
• Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T64 klassida balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan Temur Giyazov 2 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
• Para yengil atletikaning erkaklar shrtasida o‘rtasida F57 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Yorqin Odilov 47.72 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
• Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Bronza medal:
• Para dzyudo bellashuvlarida yana bir medal –J1 klassida ayollar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fotima Toirova yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
• O‘yinlarining para dzyudo bellashuvlari ayollar o‘rtasidagi J1 klassida bahslarga kirishgan Uljon Amriyeva -57 kg vazn toifasida musobaqa bronza medaliga ega chiqdi.
• Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan Urganch Egamnazarov 6.32 metr natija bilan uchinchi bo‘ldi va bronza medalini delegatsiya hisobiga qo‘shtirib qo‘ydi.
• Doniyor Ahmedov para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida 11.35 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib yetib keldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
• Para dzyudo bellashuvlarida ayollar o‘rtasida J2 klassida -48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Lobar Hurramova yakunda bronza medaliga ega chiqdi.
• Sanjar Muxtorov para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi jami 20 medal (6 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza) jamg‘argan holda umumiy reytingning 3-pog‘onasini band etib turibdi.

Live
Barchasi