O‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo o‘yinlaridagi bugungi natijalari qanday?

Sport

image

Bugun, 6 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Oltin medal:

•  Musobaqaning badiiy gimnastika bo‘yicha bellashuvlariga kirishgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Tahmina Ikromova, Vilana Savadyan hamda Evelina Atalyansdan iborat uchlik 324,8 ball jamg‘argan holda o‘yinlardagi barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Ahamiyatlisi ushbu natijani hech bir jamoa takrorlay olmadi va O‘zbekiston vakillari jamoaviy dasturda oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, bugungi chiqishlari orqali Tahmina Ikromova hamda Evelina Atalyansda mazkur sport turining yakkalik yo‘nalishida ko‘pkurash dasturida medallar uchun kurashish imkoni saqlanib qoldi.

Kumush medal:

•  O‘yinlarining kanoe slalomida eshkak eshish bo‘yicha bahslarda qatnashgan Anvar Klevleyev 98.63 soniyali natija qayd etgan holda musobaqa chempioniga aylandi. Biroq keyinchalik uning oltin medali kumushga aylantirildi. 

Gap shundaki, bahslardan videotakrorlarni ko‘rib chiqqan hakam, uning raqibi xitoylik sportchiga qo‘llanilgan 50 soniyalik jarimani olib tashlagan va uning natijasini 98,2 soniya qilib o‘zgartirgan.

•  Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarini kumush medal bilan yakunladi. -109 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jo‘rayev jami 417 (189+228) kg tosh ko‘targan holda shohsupaning 2-o‘rnini band etdi.

Ushbu yo‘nalishda g‘oliblik siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatgan xitoylik sportchiga nasib etdi. Huanhua Liu 418 (185+233) kg natija ko‘rsatdi.

Bronza medal:

•  O‘zbekistolik og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov siltab ko‘tarish bahslarida 185, dast ko‘tarishda 233, ikki kurash bo‘yicha 391 kg natija qayd etib, musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 64 medal (20 ta oltin, 18 ta kumush, 26 ta bronza) bor. Mamlakat bu orqali medallar jamg‘arish bo‘yicha umumiy reytingning 5-pog‘onasidagi o‘rnini yanayam mustahkamlab qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing