O‘zbekistonlik sportchilar Abu Dabidagi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi

Sport

image

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 25 oktyabr kuni mazkur musobaqaning ikkinchi kuni jami 4 ta (ayollar 2 ta, erkaklar 2 ta) vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.

O‘zbekistonlik 4 nafar dzyudochi o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda. 

Biroz avval 73 kilogramm vazn toifasidagi Hikmatilloh To‘rayev ilk davra uchrashuvida albaniyalik Jon Vrenozi, 81 kilogramm vazndagi Sharofiddin Boltaboyev argentinalik Tomas Moralesni mag‘lubiyatga uchratdi. 

Ushbu vazndagi yana bir o‘zbekistonlik Kamoliddin Rasulov esa birinchi davrada ancha tajribali raqib, belgiyalik Sami Shushidan ustun keldi. Bugun shuningdek, 70 kilogramm vazndagi o‘zbekistonlik dzyudochi Gulnoza Matniyazova ispaniyalik Mariya Bernabeuga qarshi tatamiga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonlik dyudochilar Abu Dabi

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing