Hamzat Chimayev chempionlik jangiga tayyormi?

Sport

image

Kecha, 30 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 267 turnirida xitoylik Li Jinliangni mag‘lub etgan 27 yoshli shvetsiyalik jangchi Hamzat Chimayev (10-0) qisqa vaqt ichida chempionlik jangini qabul qilishga tayyorligini aytdi.

“Albatta, kamar uchun kurashishni kim xohlamaydi. Men yaxshi holatdaman va hali burger iste’mol qilmaganman. Ovqatlanishga jiddiy e’tibor qilish kerak”, deydi Chimayev.

Eslatib o‘tamiz, Chimayev - Jinliang dueli birinchi raunddayoq o‘z yakuniga yetdi. “Bo‘ri” ilk soniyalardanoq raqibini parterga tortdi va to‘rtinchi daqiqada bo‘g‘ish usuli bilan g‘alaba qozondi.

Butun jang davomida Hamzat birorta zarba o‘tkazib yubormadi va o‘ziga xos natijaqayd etdi. UFC bilan shartnoma imzolaganidan buyon to‘rtta jangda ishtirok etdi va bor-yo‘g‘i ikkitagina zarba o‘tkazib yubordi. So‘nggi uchta jangda raqiblarining hech biri Chimayevga zarba bera olmadi.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida nigeriyalik Kamaru Usman chempionlik kamariga ega. U 2014 yildan buyon 18 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Usman navbatdagi jangini joriy yilning 7 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 268 turniri doirasida Kolbi Kovingtonga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Abu Dabi Kamaru Usman Hamzat Chimaev Li Jinliang

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing