“Katta Dubulg‘a” turnirida O‘zbekiston dzyudochilarining raqiblari ma’lum
Sport
−
25 noyabr 2021
3127Ertaga BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa boshlanadi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar uchun tatamiga chiqadi. Bugun, 25 noyabr kuni musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turnirda 90 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari sovrindori, harbiylar o‘rtasida Jahon chempionlari – Davlat Bobonov, Muzaffarbek To‘raboyev va Diyora Keldiyorova singari dzyudochilar ishtirok etadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra o‘zbekistonlik dzyudochilar o‘z raqiblarini bilib olishdi:
60 kg: Dilshodbek Baratov – Dilshot Xolmatov (Ukraina)
66 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev – Lusian Borsh (Ruminiya)
73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Jeyk Bensted (Avstraliya) / Abdulloh Hamad (Saudiya Arabiston)
81 kg: Suhrob Tursunov – Bolor-Ochir Gereltuya (Mo‘g‘iliston)
81 kg: Arslonbek Tojiyev – Muhammad Al Harbi (Suadiya Arabistoni)
90 kg: Davlat Bobonov – Jahongir Majidov (Tojikiston) / Mohab Elnaxas (Kanada)
100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Folk Petersilka (Germaniya)
100 kg: Aqlmurodbek Xudoyberdiyev – Tomas Briseno (Chili)
+100 kg: Shohruh Mamarasulov – Marius Fizel (Slovakiya)
52 kg: Diyora Keldiyorova – Aleksandra Kaleta (Polsha)
LiveBarchasi